INKLYUZIV TA’LIMNI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKT VA PSIXOLOGIK XIZMATNING O‘RNI

Authors

  • D.E.Abduqodirova Psixologiya kafedrasi o’qituvchisi Author
  • Alimjanova Nilufar Amaliy psixologiya yo’nalishi talabasi Author

Keywords:

Inklyuziv ta’lim, sun’iy intellekt, ta’lim boshqaruvi, psixologik xizmat, ta’lim psixologiyasi, adaptiv ta’lim tizimlari, ijtimoiy moslashuv, psixologik monitoring, raqamli ta’lim texnologiyalari, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.

Abstract

Mazkur maqolada inklyuziv ta’limni boshqarishda sun’iy intellekt texnologiyalari va psixologik xizmatning o‘rni hamda ularning o‘zaro integratsiyasining ijtimoiy-psixologik va pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv tizimlarining ta’lim jarayonidagi katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, o‘quvchilarning individual rivojlanish trayektoriyalarini aniqlash va ta’lim resurslarini optimallashtirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, psixologik xizmatning o‘quvchilarning emotsional holatini monitoring qilish, stress va tashvish darajasini aniqlash hamda ijtimoiy moslashuvni qo‘llab-quvvatlashdagi roli ko‘rsatib beriladi. Maqola nazariy-tahliliy yondashuv asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, qiyosiy taqqoslash, tizimlashtirish va konseptual umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt va psixologik xizmat integratsiyasi inklyuziv ta’lim boshqaruvida strategik ahamiyatga ega ekanligini, u o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, psixologik barqarorlikni ta’minlash va boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslashga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, texnologiyalardan foydalanishda inson omilining ustuvorligini saqlash, etik me’yorlarga rioya qilish va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash zarurligi ta’kidlanadi.

References

1. Abduqodirova Dilobarbonu Erkinjon qizi “Inklyuziv ta’lim sharoitida o‘uvchilarning emotsional intellektini rivojlantirishning psixologik-pedagogik Asoslari” Scientific-Practical Conference “Inclusive Education: Dialogue, Analysis, Experience”, December 15, 2025

2. Abduqodirova, Dilobarbonu. (2025). PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE NEUROGRAPHIC APPROACH. 01. 501-503.

3.Abduqodirova, Dilobarbonu. (2025). TALABALARDA PSIXOLOGIK STRESSNI YENGISH. 03. 69-73.

4. Abduqodirova, Dilobarbonu. (2025). HISSIY IJODKORLIK: TUSHUNCHA VA KOMONENTLAR. Journal of Economics and Business UBS. 4. 145-154.

5. Abduqodirova, Dilobarbonu. (2024). EMOTSIONAL KREATIVLIK: NAZARIY ASOSLARI VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR.. Journal of Economics and Business UBS. 4. 679-685.

6. Madgapilova, Nargiza. (2025). SCIENTIFIC-PRACTICAL AND STRATEGIC BASES OF IMPROVING PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL COOPERATION IN THE INTEGRATION OF SCHOOL AND PRE-SCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS IN THE CONTEXT OF CONTINUOUS EDUCATION ON THE BASIS OF INNOVATIVE LOGISTICS. 1. 157-166.

7. Madgapilova, Nargiza. (2025). МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ Илимий-методикалық журнал. 164-170.

8. Madgapilova, Nargiza. (2024). mug‘allim 2024. 5/2-сан. 461-468.

Published

2026-06-01