O‘SMIRLIK DAVRI INQIROZLARINING PSIXOLOGIK TAHLILI VA ULARNING SHAXS RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Authors

  • Matqurbonova Madina Otabek qizi, Fasedinova E'zoza Najmiddin qizi, Abdurasulova Zilola Odil qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti Psixologiya yónalishi talabalari Author
  • Radjabova Zuxra Mirzotilloyevna Ilmiy rahbar: Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Author

Keywords:

o‘smirlik davri, psixologik inqiroz, identifikatsiya, emotsional beqarorlik, ijtimoiy moslashuv, shaxs rivojlanishi

Abstract

O‘smirlik davri inson hayotidagi eng murakkab va muhim bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda shaxsning jismoniy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishida keskin o‘zgarishlar yuz beradi. Mazkur maqolada o‘smirlik davrida kuzatiladigan inqirozlar, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ayniqsa, o‘smirlarning o‘z “men”ini anglash jarayoni, mustaqillikka intilishi, kattalar bilan munosabatlaridagi ziddiyatlar hamda emotsional beqarorlik kabi omillar asosiy e’tibor markazida bo‘ladi. Maqolada shuningdek, o‘smirlik davridagi inqirozlarni yengib o‘tishda samarali psixologik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar keltiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari o‘smirlar bilan ishlovchi mutaxassislar, ota-onalar va ta’lim tizimi vakillari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

References

1.Vigotskiy L.S. Pedagogik psixologiya.—Moskva: Pedagogika, 1991. — 480 b.

2.Elkonin D.B. Bola psixologiyasi.—Moskva: Prosveshcheniye, 1989. — 320 b.

3.Bojovich L.I. Shaxs va uning shakllanishi.—Moskva: Prosveshcheniye, 1968. — 464 b.

4.Karimova V.M. Psixologiya.—Toshkent: O‘qituvchi, 2002. — 256 b.

5.G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. — Toshkent: Universitet, 2005. — 384 b.

Downloads

Published

2026-06-04