CHO‘LLASHISH MUAMMOSINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT: XALQARO TAJRIBA VA YONDASHUVLAR

Authors

  • Boymuratova O’g’iloy Qahramon qizi CHDPU Tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi Author
  • Madadova Asaloy Jumaboy qizi CHDPU Tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi Author
  • Ashirdurdiyeva Aygul Amandurdi qizi, Sharofiddinova Shirin Shavkat qizi CHDPU Tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi Author
  • Abdalova Sayyora Rustamovna Ilmiy rahbar, ChDPU “Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti Author

Keywords:

choʻllanish, global ekologik muammo, iqlim oʻzgarishi, yer degradatsiyasi, antropogen omillar, qurgʻoqchilik.

Abstract

 Ushbu maqolada dunyo miqyosida choʻllanish jarayonining tarqalishi, kelib chiqish sabablari va hududiy xususiyatlari yoritilgan. Choʻllanishning yuzaga kelishida iqlim oʻzgarishi, yogʻin miqdorining kamayishi, qurgʻoqchilik, shamol va suv eroziyasi kabi tabiiy omillar bilan bir qatorda inson faoliyatining ta’siri muhim oʻrin tutishi tahlil qilinadi. Ayniqsa, yer va suv resurslaridan notoʻgʻri foydalanish, sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanishi, yaylovlarning haddan tashqari foydalanilishi choʻllanish jarayonini tezlashtiruvchi asosiy omillar sifatida koʻrsatib oʻtiladi. Maqolada Afrika, Osiyo, Avstraliya, Amerika va Yevropa qit’alarida kuzatilayotgan choʻllanish jarayonlari qisqacha tahlil qilinib, ularning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, choʻllanishning qishloq xoʻjaligi, tabiiy resurslar va aholi turmush tarziga salbiy ta’siri yoritilib, mazkur muammoni kamaytirishga qaratilgan ayrim choralar haqida umumiy ma’lumot beril adi. Ushbu maqola choʻllanish muammosini global miqyosda tushunishda muhim nazariy ahamiyatga ega.

References

1.Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi materiallari.

2.United Nations (BMT) – Cho‘llashishga qarshi kurash konvensiyasi (UNCCD) ma’lumotlari.

3.Food and Agriculture Organization (FAO) hisobotlari va ekologik tadqiqotlari.

4.UNESCO – tabiiy resurslar va ekologiya bo‘yicha ma’lumotlar.

5.Geografiya (umumiy o‘rta ta’lim uchun darslik) – umumiy o‘rta ta’lim darsligi.

6.Ekologiya faniga oid ilmiy adabiyotlar va maqolalar.

7.Internet manbalari (ishonchli saytlardan olingan ekologik maqolalar va statistik ma’lumotlar).

Downloads

Published

2026-06-05