INKLYUZIV TA’LIM VA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI: O’ZBEKISTON KONTEKSTIDA IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Keywords:
inklyuziv ta’lim, sun’iy intellekt, adaptiv ta’lim, maxsus ehtiyojli o’quvchilar, 638-son qaror, pedagog farovonligi, raqamli transformatsiya.Abstract
Ushbu maqolada O’zbekistondagi inklyuziv ta’lim tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini qo’llashning imkoniyatlari va muammolari tahlil qilinadi. Milliy me’yoriy-huquqiy baza, xususan Vazirlar Mahkamasining 638-son qarori (2021) asosida shakllangan inklyuziv ta’lim tizimida SI vositalaridan foydalanish pedagog yukini kamaytirish, moslashtirilgan o’quv materiallar yaratish va maxsus ehtiyojli o’quvchilar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ko’rsatildi. Shu bilan birga, raqamli infratuzilmaning zaifligi, kadrlar tayyorgarligidagi kamchiliklar va axloqiy-huquqiy muammolar asosiy to’siqlar sifatida aniqlandi.
References
1.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2021, 12 oktyabr). Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida (638-son Qaror). https://lex.uz/docs/-5679836
2.O’zbekiston Respublikasi. (2020). Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida: O’RQ-641-son qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari.
3.Kun.uz. (2021, 18 mart). Inklyuziv ta’lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi? https://kun.uz/uz/news/2021/03/18/
4.Qodirova, F.U., & Pulatova, D.A. (2022). Inklyuziv ta’lim: nazariya va metodika. Chirchiq davlat pedagogika universiteti nashriyoti.
5.Madatov, I.Y. (2024). Inklyuziv ta’lim. Toshkent: Best-Publish.
6.Azamova, N.N. (2024). Inklyuziv ta’lim tamoyillari jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni va roli. Inter Education & Global Study, 8(1), 144–150.
7.Baxromova, G.D. (2023). Inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari. Pedagogika fanlari jurnali.
8.Rasulov, D. (2022). Sun’iy intellekt texnologiyalarining o’quv jarayoniga integratsiyasi. Yosh ilm-fan jurnali, 8(1), 74–80.
9.Sharipov, K.R., & Dilmurodov, D.M. (2021). Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tendensiyalari va sun’iy intellekt. Toshkent: O’zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.
10.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2024, 14 oktyabr). Sun’iy intellektni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi to’g’risida (PQ-358-son Qaror). https://lex.uz
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 International License.