OLIY TA’LIMDA O‘QITISH USULLARINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Authors

  • Valiyeva Gulsanam,Saparboyeva Zulfizar,Javliyeva Shohsanam Matematika yo‘nalishi talabalari Author
  • Xayrullina Parizod Fargat qizi ChDPU Umumiy pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi Author

Keywords:

oliy ta’lim, o‘qitish usullari, zamonaviy tendensiyalar, pedagogik innovatsiyalar, interfaol metodlar, muammoli ta’lim, loyihaviy ta’lim, aralash ta’lim (blended learning), masofaviy ta’lim, raqamli texnologiyalar, elektron ta’lim, sun’iy intellekt, kompetensiyaga asoslangan ta’lim, talabaga yo‘naltirilgan yondashuv, mustaqil ta’lim, tanqidiy fikrlash, ta’lim sifati

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida o‘qitish usullarining zamonaviy tendensiyalari, ularning mazmun-mohiyati hamda ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni keng yoritilgan. Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim muassasalari oldida turgan asosiy vazifalardan biri — talabalarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda amaliy kompetensiyalarini shakllantirishdan iboratdir Shu nuqtai nazardan maqolada an’anaviy o‘qitish usullaridan zamonaviy, innovatsion yondashuvlarga o‘tish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida interfaol o‘qitish metodlari, muammoli ta’lim (problem-based learning), loyihaviy yondashuv (project-based learning), aralash ta’lim (blended learning) hamda masofaviy ta’lim texnologiyalarining o‘ziga xos jihatlari va afzalliklari ochib berilgan. Maqolada talabaga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasining ahamiyati alohida e’tirof etilib, unda individual yondashuv, kompetensiyaga asoslangan ta’lim va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish masalalari muhim o‘rin egallashi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, zamonaviy o‘qitish usullarini amaliyotga joriy etishda yuzaga keladigan muammolar — texnik infratuzilmaning yetarli emasligi, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalari pastligi hamda baholash tizimidagi kamchiliklar tahlil qilingan.

References

1.Jonassen, D. H., Howland, J, Marra, R. M, Crismond, D. (2008). Meaningful learning with technology. Pearson.

2.Qodirov, A. (2022). Adabiyot fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar. O‘zbekiston milliy universiteti.

3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. (2021). Oliy ta’limni rivojlantirish strategiyasi 2030. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasidagi farmon va strategik hujjatlari. (n.d.). Oliy ta’limni takomillashtirish va zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha davlat siyosati asosiy hujjatlari.

5.Khayrullina, P. F. (2024). Goals and objectives of the application of the system of academic mobility in higher educational institutions. International Journal of Education, Social Science & Humanities, 12(9). Finland Academic Research Science Publishers.

6.Khayrullina, P. F. The emergence development conditions of pedagogical science Uzbekistan. (2025, April 8–10). International Congress on Modern Sciences-4. ISBN: 979-8-89695-061-5.

7.Zullig, K. J., & Collins, R. L. (2011). Students’ perceptions of effective college teaching. College Student Journal.

8.Университет таълим муассасаларида замонавий педагогик технологиялар. (2018). “Taraqqiyot”.

Published

2026-06-20