SHAXSNI O‘RGANISHNING UMUMIY METODLARI
Abstract
Ushbu tezisda shaxsni o‘rganishning asosiy psixologik metodlari, ularning qo‘llanilish sohasi va ilmiy ahamiyati yoritilgan. Shaxs psixologiyasini chuqur anglash uchun turli metodlardan kompleks foydalanish zarurligi ta’kidlanadi. Ish davomida kuzatish, suhbat, eksperiment, anketa, test, biografik metod, sotsiometriya va proektiv metodlarning nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llanish imkoniyatlari keng yoritildi.Kuzatish metodining tabiiy va laboratoriya shakllari, suhbatning erkin va strukturalangan turlari, eksperimentning nazorat qilinadigan sharoitda o‘tkazilishi va test metodining validlik hamda ishonchlilik talablariga bo‘ysunishi haqida umumiy tasavvur berildi. Shuningdek, shaxsning ichki motivlari, ehtiyojlari, emotsional holatlari va yashirin xususiyatlarini aniqlashda proektiv metodlarning o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tildi.Tadqiqotda shaxsni o‘rganish metodlarining afzalliklari, cheklovlari va ularning amaliy psixologiyada qo‘llanilish samaradorligi tahlil qilindi. Umuman olganda, shaxsni to‘liq tushunish birgina metod bilan cheklanishi mumkin emasligi, balki turli metodlar majmuasi orqali yanada aniq va chuqur psixologik portret yaratish mumkinligi asoslab berildi.
References
1.Jalolov, S. (2021). Psixologiya asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti.
2.Mayer, J. D., & Salovey, P. (1997). Emotional intelligence and its role in learning. Journal of Personality, 65(3), 345–368.
3.Petrovsky, A. V. (1985). Introduction to Psychology. Moscow: Pedagogy Press.
4.Rogers, C. (1951). Client-Centered Therapy. Boston: Houghton Mifflin.
5.Allport, G. (1961). Pattern and Growth in Personality. New York: Holt.
6.Anastasi, A. (1988). Psychological Testing. New York: Macmillan.
7.Levin, K. (1951). Field Theory in Social Science. New York: Harper.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-ShareAlike 4.0 International License.