OILADA SHAXSLARARO KOMMUNIKATSIYANING TARBIYAVIY SALOHIYATI

Authors

  • Karimboyeva Zebo Rashid qizi ,Rajabboyeva Shaydo Umidbek qizi Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika yo`nalishi 2-bosqich talabalari. Author
  • Abdullayev Oybek Alisher o‘g‘li Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi Author

Keywords:

Oila, shaxslararo kommunikatsiya, oilaviy muloqot, tarbiyaviy salohiyat, shaxs kamoloti, oila tarbiyasi,ota -ona va farzand munosabati, muloqot madaniyati, ijtimoiylashuv,axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy meʼyorlar, kommunikativ koʻnikmalar, oʻzaro hurmat, ishonch,empatiya, pedagogik taʼsir, psixologik muhit, oilaviy muhit, farzand tarbiyasi , tarbiyaviy jarayon, sogʻlom kommunikatsiya,oila qadriyatlari,oila psixologiyasi, shaxs rivojlanishi.

Abstract

Mazkur maqolada oilada shaxslararo kommunikatsiyaning tarbiyaviy salohiyati, uning shaxs kamolotiga ta’siri hamda oila muhitida samarali muloqotni shakllantirish omillari tahlil qilinadi. Oila jamiyatning eng muhim ijtimoiy instituti bo‘lib, unda farzandning shaxs sifatida shakllanishi, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy me’yorlar va muomala madaniyatining rivojlanishi yuz beradi. Aynan oiladagi shaxslararo kommunikatsiya – ota-ona va farzandlar, opa-uka hamda boshqa oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot jarayoni tarbiya jarayonining muhim vositasi hisoblanadi. Maqolada oilaviy muloqotning ochiqligi, o‘zaro hurmat, ishonch va hamkorlik kabi tamoyillari shaxs tarbiyasida qanday ahamiyat kasb etishi yoritib berilgan.

Tadqiqot davomida shaxslararo kommunikatsiyaning farzandlarning axloqiy, ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, oilada sog‘lom kommunikativ muhitni yaratish orqali farzandlarda mustaqil fikrlash, mas’uliyat, empatiya hamda ijtimoiy faollik kabi sifatlarni rivojlantirish mumkinligi asoslab beriladi. Maqolada pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida oilaviy muloqotning samaradorligini oshirish usullari ham ko‘rib chiqiladi.

References

1.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

2.Makarenko A.S. Ota-onalar uchun kitob. – Toshkent: O‘qituvchi, 1987.

3.Vygotskiy L.S. Psixologiya rivoji haqida tadqiqotlar. – Moskva, 1982.

4.Qodirov B. Oila psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010.

5.G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.

6.D.О.Ximmаtаliyev, S.B.Аllаyorоvа, Z.F.Shаrоpоvа, R.R.Kаrimоv, S.N.Hаmidоvа, N.B.Turdiyev, H.B.Sаypillаyevа, S.K.Rаmоnоvа. “Оilа pedаgоgikаsi”. О‘quv qо‘llаnmа. – Tоshkent: “Science and Innovation”, 2024 - 371 b.

Published

2026-06-25