ANVAR OBIDJON ASARLARINI RAQAMLI VA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O'QITISH

Authors

  • Ismayilova Nozima Maxmudovna Alfraganus universiteti 1-bosqich magistranti Author

Keywords:

Tadqiqot jarayonida interaktiv metodlar, loyiha asosida o‘qitish, raqamli topshiriqlar va kreativ faoliyat turlari qo‘llanilib, ularning samaradorligi tahlil qilingan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, multimedia texnologiyalariga asoslangan darslar o‘quvchilarning faolligini oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishga yordam beradi va ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Anvar Obidjon asarlarini zamonaviy raqamli va multimedia texnologiyalari asosida o‘qitishning nazariy-metodik asoslari keng yoritilgan. Tadqiqotda muallif ijodining badiiy-estetik va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinib, uning asarlari o‘quvchilarda axloqiy qadriyatlar, mustaqil fikrlash, tasavvur va ijodiy yondashuvni shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan.

Shuningdek, maqolada adabiyot darslarida multimedia vositalari — video, audio, animatsiya, interaktiv taqdimotlar va raqamli platformalardan samarali foydalanish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshirish, badiiy matnni chuqur idrok etish, mustaqil izlanish olib borish va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan.

References

1.Obidjon, A. (2015). Bolalar uchun hikoyalar va she’rlar. Toshkent: O‘qituvchi.

2.Karimov, I. A. (2008). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat.

3.Tolipov, O‘., & Usmonboyeva, M. (2012). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: Fan.

4.Sayidahmedov, N. (2005). Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent: O‘qituvchi.

5.Mayer, R. E. (2009). Multimedia Learning. Cambridge University Press.

6. (2021). Digital Transformation in Education: Global Report.

7.Kozma, R. (2011). The Technology, Curriculum, and Professional Development. ICT in Education Studies.

8.Bates, T. (2015). Teaching in a Digital Age. Open University Press.

Published

2026-07-10